Tadqiqotchilar sirkad ritmlar inson tanasining turli funksiyalarini boshqarishda muhim rol o'ynashini ta'kidlashdi. Jumladan, ular gormonlar ishlab chiqarishga, tana haroratiga va miya faoliyatiga ta'sir qiladi. Ushbu omillarga asoslanib, olimlar sichqonlarning xotirasi kechayu kunduz qanday ishlashini tekshirishdi, shundan so'ng ular faolligi o'zgaruvchan genlarni aniqlashdi.
Ma'lum bo'lishicha, kun davomida topshiriqlarni bajargan sichqonlarda uzoq muddatli xotira mustahkamlangan. Kechasi xuddi shundan vazifa yuklangach, kemiruvchilar uni tezroq bajarish uchun zarur bo'lgan harakatlar ketma-ketligini unutishdi.
Xotira samaradorligi bevosita sirkad ritmlarni tartibga solishda ishtirok etadigan PER1 geniga bog'liq. Bu gen kunning vaqtiga qarab xotirani tartibga soladi, deb xabar beradi mir24.tv.