Mamlakatimizda “Quyoshli xonadon” nomli yirik dastur ishga tushmoqda

    Oʻzbekiston hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy kuvvati 182,1 MVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatiladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi farmoyishi eʼlon qilindi. Unga koʻra, 2023-yilda respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish boʻyicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

    Ushbu Dastur asosida mamlakatimiz hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy kuvvati 182,1 MVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatiladi.

    Shuningdek, Dastur doirasida quyosh panellarini oʻrnatish va undan foydalanishni jadallashtirish hamda ushbu ishlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Quyoshli mahalla” tanlovini oʻtkazish koʻzda tutilgan.