Xorazm Maʼmun akademiyasiolimlari tomonidan Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorliklarholati boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasi ishlab chiqildi. Bu haqda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, unda Xiva tarixiy meʼmoriy obidalari va ularning texnik holatiga oid ilmiy asoslangan maʼlumotlar keltirilgan.
Maʼlumotlar bazasi “Ichan-qalʼa” va “Dishan-qalʼa” hududida joylashgan tarixiy meʼmoriy yodgorliklarning texnik holatini oʻrganishga doir kompleks ilmiy tadqiqotlar asosida tayyorlangan.
Elektron maʼlumotlar bazasidan YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan “Ichan-qalʼa boshqaruv rejalarini ishlab chiqish harakat rejasi” xalqaro loyihasini bajarishda va Xiva tarixiy-meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash ishlarida amalda keng foydalanilgan.
Katalog tarzida tayyorlangan elektron maʼlumotlar bazasiga Xivadagi jami 94 ta tarixiy meʼmoriy yodgorliklarning fotosuratlari, texnik holatlari, qurilmalari va ularning tarixi bilan bogʻliq yangi maʼlumotlar keltirilgan.