Qayd etilishicha, majmuaning umumiy maydoni 70,13 kvadrat metr, u 2024-yil toʻliq davlat muhofazaga olinib, restavratsiya ishlari olib borilgan. “Dari-Zanjir“ yodgorligining ustini yopish va tashqi qismini restavratsiya qilish ishlari uchun 415 mln. soʻm mablagʻ sarflangan. Hozirda obyektning ichki qismida restavratsiya va konservatsiya ishlari davom etmoqda. Tez orada majmua sayyohlar uchun oʻz eshiklarini yana qayta ochadi.
Maʼlumot uchun, 2024-yil davomi Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan 20 ta madaniy meros obyektida taʼmirlash va tiklash ishlari olib borildi. Ayni paytga qadar 5 ta obyektda restavratsiya ishlari toʻliq yakunlanib foydalanishga topshirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Samarqand shahrida joylashgan “Dari-Zanjir” majmuasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 846-sonli qarori asosida Madaniy meros milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan obyekt hisoblanadi.







