Shohsanam 35-maktabning 9-sinfida oʻqiydi. Inklyuziv taʼlim asosida ustozlardan bilim olyapti. Hozirda buyrak kasalligi bilan kasallangan. Mehmonlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar bemor qizning dardiga oz boʻlsa-da malham boʻldi.
Shohsanam Toshkentdan kelgan mehmonlarga minnatdorlik bildirar ekan, ularga oʻzi chizgan suratlarni koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Botir Ergashev “Sinfdoshlarim men sizning safingizdaman” deb nomlangan koʻrgazma uchun tayyorlangan suratlarni tomosha qilar ekan yosh ijodkorga shunday dedi:
– Bu suratlarda sening pokiza qalbing, mustahkam irodang aks etib turibdi. Aslo umid qilishdan va izlanishdan tolmagin. Atrofingda shunday mehribon va oqibatli ustozlaring, mahalladoshlaring borligidan juda xursandmiz.
Targʻibot guruhi aʼzolarining uchrashuvlar va konsertlar namoyish etish bilan birga ustozlar, yoshi ulugʻ insonlar va bemorlar holidan xabar olayotganliklari, albatta, eʼtiborga molikdir.