Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan boshlangʻich qiymati 1,4 mlrd. soʻmdan ortiq boʻlgan "qadriyatim,uz", "tanlov,manaviyat,uz" sayti va mobil ilovasini hamda markazning rasmiy veb-portalini yaratish xizmati boʻyicha tanlov savdolari yuzasidan tanqidiy murojaatlar qoldirilgan.
Ushbu holatga tezkorlik bilan aniqlik kiritish maqsadida, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan tanlov savdolari boʻyicha oʻrganish ishlari amalga oshirildi.
Oʻrganish ishlari boʻyicha qoʻshimcha axborot taqdim etiladi.