Unda ishtirok etgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 2-bosqich talabasi Jahona Husanboyeva g'oliblar qatoridan joy olib, faxrli 1-o'rinni egalladi.

Jahona mazkur g'alabasi bilan 4-5-dekabrda bo'lib o'tadigan O'zbekiston kubogi musobaqasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ayni paytda mashg'ulotlarga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bolaligidan sport bilan shug'ullanadigan Jahona Toshkent viloyatining eng iqtidorli yoshlaridan biri. Sportdan tashqari, raqsga ham qiziqadi.

Ayni paytda asosiy e'tiborini sport musobaqalariga qaratgan.

— O'zbekiston kubogi turnirida g'alaba qozonib, 2022-yil Gollandiyada o'tkaziladigan Jahon chempionatida qatnashishni, yurt bayrog'ini yuqoriga ko'tarishni niyat qilganman, — deydi Jahona Husanboyeva.