Uchrashuvni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulugʻbek Inoyatov ochdi.

Yigʻilish ishtirokchilarini saylovoldi dasturi bilan tanishtirish uchun soʻz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisovaga berildi. Nomzodning dasturida asosiy maqsad sifatida mamlakatda ijtimoiy tenglik va xalq demokratiyasi mezonlariga mos keladigan davlat va jamiyat barpo etish belgilab olingan dasturda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi, tadbirkorlik, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, qonun ustuvorligini taʼminlash, tashqi siyosat masalalariga doir ustuvor yoʻnalishlari qamrab olingan.

Shuningdek, dasturda Namangan viloyatini jadal rivojlantirish, xalqning turmush farovonligini oshirish boʻyicha ham chora-tadbirlar begilangan.