Fuqarolar yoʻldan harakatlanish qiyinchilik tugʻdirayotgani, qattiq chang-toʻzon koʻtarilayotganidan norozi boʻlib, shu bilan birga, “Obod mahalla” dasturiga koʻra yoʻlni taʼmirlashga ajratilgan mablagʻlar maqsadsiz ishlatilgan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida eʼtirozlar bildirmoqda.
“Xorazm viloyat Kengashi deputati, OʻzXDP guruhi rahbari Rahimbergan Yusupov ichki yoʻl bilan bogʻliq holat boʻyicha asoslantirilgan tushuntirish berishni soʻrab, Xonqa tuman hokimi U.J. Davlatovga deputatlik soʻrovi yubordi”, deya xabar beradi OʻzXDP axborot xizmati.