Zamonaviy dizayn asosida qurib bitkazilgan 5 qavatli binoda joylashgan korxonada hozirgi kunda kalava ipni bo‘yab paypoq ishlab chiqarilib, mahsulotlar xorijga ekport qilinyapti.
Loyiha qiymati 3 million dollarni tashkil etgan korxonada 100 dan ziyod ish o‘rinlari yaratilgan. Tadbirkor Abdusamad Ma'rufovning so‘zlariga ko‘ra, loyihani to‘la quvvatda amalga oshirish 2022-yilga rejalashtirilgan. Hozirda Xitoydan keltirilgan yangi dastgohlarni o‘rnatish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rilyapti.
3 560 nafardan ziyod aholisi bo‘lgan «Toshkesar» MFYda joylashgan, Jalolxon Muhammadxonov tashabbus bilan amalga oshirilgan loyiha bo‘yicha ishga tushgan «Milano teks» MChJning trikotaj mahsulotlari (ichki kiyimlar) ishlab chiqariladi. Korxonani yo‘lga qo‘yish uchun tadbirkor tomonidan 5 milliard so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lib, u yerda hozir 50-60 turdagi mahsulotlar tayyorlanyapti, deb xabar beradi Farg‘ona viloyat hokimligi matbuot xizmati.