Oʻrganish davomida banklar tomonidan taklif etayotgan kredit va omonatlar haqidagi axborotlar isteʼmolchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor qilinishi hamda bank kartalari orqali xizmatlar koʻrsatilishi toʻliq yoʻlga qoʻyilmagan holatlari aniqlandi.

Ushbu holatlarga yoʻl qoʻygani uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunining 57-moddasiga muvofiq, 21 ta tijorat bankiga nisbatan chora qoʻllanilib, bunda 16 ta tijorat bankidan jarimalar undirdi hamda 5 ta tijorat bankiga ogohlantirish berdi.