«Shunga qaramay, fuqarolar orasida firibgarlarning psixologik taʼsiriga tushib, aldanib qolish holatlari uchramoqda.

Qoʻl telefoningizga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini Markaziy bank, tijorat banki, toʻlov tashkiloti yoki toʻlov tizimi operatorining nomidan xavfsizlik, plastik karta, mijozlarni qoʻllab-quvvatlash yoki boshqa boʻlim xodimi deb tanishtirib, mobil ilovangiz buzilgani, bank kartangiz blok holatiga tushgani, kartadan noqonuniy pul yechib olishga urinishlar boʻlayotgani va shu kabi turli uydirmalarni keltirgan holda darhol chora koʻrilmasa, barcha mablagʻlardan ayrilishi haqida aytib, firibgarlar tomonidan ijtimoiy injeneringni qoʻllagan holda turli psixologik bosim oʻtkazishga urinish holatlari shular jumlasidandir.

Markaziy bank turli firibgarlik yoʻli bilan bank kartalaridagi pul mablagʻlari yechilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida fuqarolarimizni ogohlantiradi.

Hech qachon telefoningizga kelgan bank kartalari bilan bogʻliq bir martalik yuborilgan SMS-kodni, tijorat banklari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarining mobil ilovalariga kirish huquqini beruvchi login va parollarni hech qanday shaxslarga aytmang. Ular sizdan olgan maʼlumotlar (SMS kod, login va porol va h.k) orqali bank kartangizdagi pul mablagʻlarini koʻchirib olish yoki sizning ruxsatingizsiz boshqarish imkonini qoʻlga kiritadi», deyiladi xabarda.