Shuningdek, banklar tomonidan jismoniy shaxslarga rasmiylashtirilgan mikroqarzlar hajmi 2021-yilda ipoteka kreditlari va avtokreditlarni ortda qoldirib, 9,95 trln. soʻmni tashkil etgan hamda avvalgi yilga nisbatan 4,1 trln. soʻmga yoki 71 foizga koʻp ajratilgan.
Ipoteka kreditlari — 2021-yilda 9,8 trln. soʻmni tashkil qilib, 2020-yilga nisbatan 672 mlrd. soʻmga koʻp ajratilgan. Bunda oʻsish atigi 7 foizni takshil etgan.
Ajratilgan avtokreditlar — 8,5 trln. soʻmni (oʻtgan yilga nisbatan 2,9 trln. soʻm koʻp), mikrokreditlar esa — 6,9 trln. soʻmni (oʻtgan yilga nisbatan 3,2 trln. soʻm koʻp) tashkil qilgan.
2020-yilda talabalar uchun 59,5 mlrd. soʻmlik taʼlim kreditlari taqdim etilgan boʻlsa, 2021-yilda bu yoʻnalishda avvalgi yilga nisbatan 4,4-marta koʻp, yaʼni 266,3 mlrd. soʻm miqdoridagi kreditlar berilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yilning 1-yanvar holatiga banklardagi chakana kreditlar qoldiqlari 69,5 trln. soʻmga yetgan.