Markaziy bank tijorat banklarining muammoli kreditlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi

    Moliya 6 Oktabr 2021 1189

    Davlat banklari ichida muammoli kreditlarning sezilarli kamayish 3 ta bank kuzatilgan.

    Markaziy bank tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) toʻgʻrisida 2021-yil 1-sentyabr holatiga maʼlumotlarni taqdim etdi.

    Unga koʻra, muammoli kreditlar qoldigʻi avgust oyi davomida 414 mlrd. soʻmga kamaygan. Natijada bank tizimidagi muammoli kreditlarning jami kredit portfeldagi ulushi 6,2 foizdan 6,0 foizgacha tushgan.

    Muammoli kreditlarning sezilarli kamayishi davlat banklari ichida:

    - Oʻzmilliybankda -241 mlrd.soʻm;

    - Xalq bankida -252 mlrd. soʻm;

    - Qishloq qurilish bankida -174 mlrd. soʻm;

    - Xususiy banklardan esa Turkiston bankda -135 mlrd. soʻm kuzatilgan.

    Muammoli kreditlar oʻsishi kuzatilgan banklar:

    - Mikrokreditbank +200 mlrd. soʻm;

    - Kapital bank +68 mlrd. soʻm;

    - Savdogarbank +55 mlrd. soʻm;

    - Ravnaq bank +21 mlrd. soʻm.