Markaziy bankda BMTning Taraqqiyot dasturi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

    Moliya 26 Mart 2024 854

    Markaziy bank rahbariyatining BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD)ning Oʻzbekistondagi vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Muloqot davomida ishbilarmon doiralar, moliya tashkilotlari va tijorat banklari bilan amalga oshirilgan qoʻshma loyihalar muhokama etildi.

    BMT taraqqiyot dasturi vakillari Oʻzbekistonning moliya sektorida “yashil moliyalashtirish” boʻyicha katta salohiyat mavjudligini taʼkidlab, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan qoʻshma loyihalar yoʻnalishlarini kengaytirishni taklif etdi.

    Shuningdek, uchrashuvda qurilayotgan uy-joylar uchun “yashil kreditlar”ga subsidiyalar ajratish tartibini yoʻlga qoʻyish hamda qayta tiklanadigan energiya manbalarini (quyosh panellarini) kengaytirish orqali Oʻzbekistonda energiya samarador qishloq turar-joy binolarini qurishni rivojlantirishga koʻmaklashish loyihasini amalga oshirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.