Unda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston Prezidentlari ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” virtual sammiti savdo-kommunikatsiya, madaniy almashinuv va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalarini qamrab olgani, 2021-yil dekabr oyida qayta tiklanadigan energiya manbalari, raqamli texnologiyalar, kiberxavfsizlik va jamiyatni rivojlantirish loyihalari kabi sohalarda toʻqqizta bitim imzolangani taʼkidlanadi.
Oʻzbekiston Eronning Chabahor portidan birgalikda foydalanish maqsadida tuzilgan Hindiston-Oʻzbekiston-Eron-Afgʻoniston toʻrt tomonlama ishchi guruhi aʼzosi. 2021-yil boshida Hindiston Chabahor portini Shimol-Janub xalqaro transport yoʻlagi (INSTC) tarkibiga kiritishni taklif qilib, Oʻzbekiston va Afgʻonistonni koʻp tomonlama koridor loyihasiga qoʻshilishga taklif qildi. INSTC – bu Hindiston, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Rossiya, Markaziy Osiyo va Yevropani bogʻlovchi 7 ming 200 kilometr uzunlikdagi multimodal loyiha, deyiladi maqolada.
Yangi eksport yoʻllariga muhtoj boʻlgan Markaziy Osiyo respublikalari Eron Chabahorini Hindiston va uning 1,4 milliard aholisi boʻlgan bozori bilan savdo qilishning eng yaxshi muqobili, deb hisoblashi mumkin. Pokiston bozori 212 million kishini tashkil etadi va yalpi ichki mahsuloti (YAIM) aholi jon boshiga Hindiston koʻrsatkichining uchdan ikki qismini tashkil etadi. Hindistonning texnologiya sohasi bilan hamkorlik Toshkentning 2026-yilga kelib YAIMni aholi jon boshiga 1,6 barobarga oshirish maqsadiga erishish uchun muhim ahamiyat kasb etadi, deya xulosa qiladi “The Hill”.