Uchrashuvda Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Tashqi ishlar vazirlari va AQSH Davlat kotibi ishtirok etdi.
Tashqi siyosiy idora rahbarlari iqtisodiyot, mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Delegatsiyalar rahbarlari Afgʻonistondagi vaziyat koʻrib chiqdilar, gumanitar inqirozning oldini olish uchun afgʻon xalqiga yordam koʻrsatish, ushbu mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvini taʼminlaydigan infratuzilma loyihalarini amalga oshirish zarurligini taʼkidladilar.
Mintaqadagi mamlakatlar barqarorligi va xavfsizligiga tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish borasidagi xalqaro hamjamiyatning saʼy-harakatlarini birlashtirish zarurligi alohida qayd etildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.