Markaziy saylov komissiyasi huzurida “Call-markaz” ishga tushirildi

    Saylov 13 Iyun 2023 1424

    1200 qisqa raqami orqali bogʻlanib, saylovga oid savollarga javob olish hamda murojaatlarni yoʻllash mumkin.

    Saylov kampaniyasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor va samarali koʻrib chiqish, fuqarolarga real vaqt rejimida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi huzurida 1200 qisqa raqamli “Call-markaz” ishga tushirildi.

    1200 qisqa raqami orqali bogʻlanib, saylovga oid savollarga javob olishingiz hamda murojaatlaringizni yoʻllashingiz mumkin.