Markaziy saylov komissiyasining rasmiy ramzi oʻzgardi

    Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining yangi rasmiy ramzi tasdiqlandi. Rasmiy ramz hozirga qadar amalda boʻlgan MSK emblemasi oʻrniga joriy etildi.

    Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi navbatdagi majlisida tegishli qaror qabul qilindi.

    Qaror bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy ramzi namunasi va tavsifi, shuningdek, undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ham tasdiqlandi.

    Markaziy saylov komissiyasining maʼmuriy binosi, tegishli jihozlari, rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, mobil ilovalar va boshqa joylarda foydalanilayotgan eski namunadagi emblemani yangi namunadagi rasmiy ramzga oʻzgartirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, deyiladi MSK xabarida.