Marmarak barglaridan tayyorlangan damlama gastrit va kolit, oshqozon yarasi, meteorizm, jigar va o't pufagi yallig'lanishini davolashda foydalaniladi.
Tayyorlanishi: maydalangan o'simlik bargidan 2 osh qoshiq olib, 400 ml qaynagan suv quyiladi, 4-6 soat damlab qo'yiladi, har 3-4 soatda 20-30 ml.dan ichib turiladi.
Avstriyada oshqozon va ichak kasalliklari, halqum shilliq pardasi yallig'lanishi, anginani davolashda marmarak damlamasidan foydalanilar ekan.
Xitoyda marmarakni damlab ichishni xush ko'rishadi, AQSHda esa salatlar, sho'rvalar, sabzavot, go'sht, baliqqa qo'shib iste'mol qilinadi.
Bodomcha bezlar yallig'langanda, shishganda marmarakning yer ustki qismi va gulidan tayyorlangan damlama ishlatiladi. Damlamani tayyorlash uchun bir osh qoshiq solib, ustiga 2 stakan qaynab turgan suv quyilib, 2 soatga damlab qo'yiladi. Keyin uni dokada suzib, kuniga 6-8 marta og'iz chayiladi, g'arg'ara qilinadi.
Kariyesni davolash uchun 1 osh qoshiq quruq marmarak va igir o'simligi ustiga 1 stakan qaynoq suv solib damlang. Damlama 1 soat tursin, so'ng u bilan og'zingizni chayqang. Agar biron tishingiz og'rib qolsa, shu damlamaga biroz paxta ivitib olib, uni og'riyotgan tishga qo'ying. Ushbu muolajani bir necha oy davomida, toki karies yo'q bo'lgunicha takrorlab turish lozim, deb yozmoqda Dori-Darmon. uz