Mars Express har 50 soniyada sayyora tasvirlarini yuborib turdi. Signalni uzatish uchun 3 daqiqadan 22 daqiqagacha vaqt sarflandi.
Marsni agentlikning YouTubedagi rasmiy sahifasida kuzatish imkoniyati yaratildi.
Tadqiqotchilar translyatsiyani bir necha oy davomida tayyorlashgan. Hozirda kamera Mars yuzasidan 17,5 ming kilometr balandlikda joylashgan.
Mars Express sayyoralararo stansiyasi 2003-yil 2-iyunda ishga tushirilgan. Dastlab, bu Beagle 2 qo'nish moduli bo'linmasini kuzatish uchun texnik kamera sifatida ishlatilgan. Bir necha yil o'tgach, u Mars veb-kamerasiga aylantirildi, deb xabar beradi korrespondent.net.