Mazkur materialni tayyorlash uchun ekspertlar suv oʻtlarini biomassalarni birlashtirish uchun xuddi yelim kabi harakatlanadigan qoʻziqorinlarning yer osti toʻqimalari tarmogʻi bilan aralashtirishdi. Natijada har qanday shaklga kira oladigan, betondan mustahkamroq material hosil boʻldi.
Taxmin qilinishicha, avval Marsga qoʻziqorinlarning yer osti toʻqimalari aralashmasidan iborat biomassa ortilgan kema yuboriladi. Shundan soʻng robot unga Qizil sayyoradan olinadigan azot, karbonat angidrid va suv soladi.
Qoʻziqorinlarning oziqlanishi uchun kislorod ajralib chiqadi. Qoʻziqorinlarning yer osti toʻqimalari oʻsib chiqadi va kerakli shaklni hosil qiladi. Suv oʻtlari bilan aralashtirilgach, u mustahkam tuzilishga ega boʻladi. Ekspertlar fikricha, oʻstirilgan uy odamlarni fazoviy radiatsiyadan himoya qiladi.
Uyning xomaki nusxasi NASA tomonidan ilk sinovdan oʻtkazildi. Arxitektorlar ayni paytda uning dizayni ustida ishlamoqda. 15×15 oʻlchamdagi uy modeli Oyga yuborilishi kutilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.