Olimlarning fikricha, ular tarkibida qadimiy Mars mikroblari bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan kimyoviy reaktsiyalar natijasida hosil bo'lgan minerallar mavjud.

Minerallar tabiiy geologik jarayonlar natijasida paydo bo'lgan bo'lishi mumkin, ammo NASA bu belgilar hayotning hozirgacha topilgan eng aniq ishoralari bo'lishi mumkinligini aytdi.

“Bizda avval bunday topilma bo'lmagan, shuning uchun bu katta yangilik deb o'ylayman” dedi Imperial College Londonda faoliyat yurituvchi sayyorashunos olim, “Nature” jurnalida chop etilgan tadqiqot mualliflaridan biri professor Sanjeev Gupta.

“Biz toshlardan topgan bu belgilarni, yerda ko'rganingizda edi, uni biologiya-mikrobial o'zgarishlar hosilasi, deb izohlashimiz mumkin edi. Shu sababli biz hayot izlarini topdik deya olmaymiz, ammo bu izlanishga imkon beradi”.

Minerallarning mikroblar tomonidan hosil qilinganini to'liq tasdiqlashning yagona yo'li toshlarni tahlil qilish uchun Yerga olib kelishdir.

Marsdan namuna yuborish missiyasi NASA va ESA (Evropa Kosmik Agentligi) tomonidan taklif etilgan, ammo uning amalga oshishi hali noaniq. AQSh Koinot agentligining ilmiy byudjeti Prezident Trampning 2026-yilgi byudjetga kiritgan katta qisqartirishlariga duch kelmoqda va namuna yetkazish missiyasi bekor qilinishi mumkin.

Rover toshlardagi minerallarni tahlil qilish uchun o'zining bort-laboratoriyasidagi bir nechta asbobdan foydalangan. Bu ma'lumotlar keyin olimlar o'rganishi uchun Yerga uzatilgan.

Yer yuzida shunday sharoitlarda minerallarni hosil qiluvchi kimyoviy reaksiyalar odatda mikroblar tufayli yuzaga keladi.

Olimlar, shuningdek, minerallar mikroblarsiz qanday hosil bo'lishi mumkinligini ham o'rganib chiqishdi va tabiiy geologik jarayonlar ham mazkur kimyoviy reaksiyalar tufayli yuz berishi mumkin, degan xulosaga kelishdi, deb xabar berdi bbc.com.