Qurilma qadimgi davrlarda ulkan suv omborining tubi bo'lgan deb hisoblangan Ezero ko'li kraterini tadqiq etmoqda.

Spektroskopik tahlil natijasida ko'plab jinslarda uglevodorod molekulalarining mavjudligi belgilari, shuningdek molekulalarning har xil turlari va konsentratsiyasi aniqlandi.

Ilgari Curiosity marsoxodi Geyl kraterida organik molekulalarni kashf etgan edi. Yangi kashfiyot shuni ko'rsatadiki, hayotning “qurilish bloklari” Marsning hamma joyida bo'lishi mumkin va turli jarayonlar ularning yuzaga kelishiga olib keladi.

Uglerodga asoslangan molekulalar hayotning belgilaridan biri hisoblanadi. Ularning mavjudligini Marsning yashashga yaroqliligining rad etib bo'lmaydigan isboti deb bo'lmaydi, chunki bu molekulalar biologik bo'lmagan jarayonlar natijasida ham hosil bo'lishi mumkin.

Tog' jinslarining bunday molekulalarni o'zida ushlab turish qobiliyati ham tadqiqot uchun muhimdir. Tahlillar birikmalar hosil bo'lishida suv muhim rol o'ynagan bo'lishi mumkinligini ko'rsatdi. Bu ma'lumotlar Marsning qadimiy geologik tarixini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, deb xabar beradi mir24.tv.