Mart oyida hududlarning iqtisodiy ko'rsatkichi qancha o'sgan?

    Soliq tushumlarining oshishi iqtisodiy faollikning barqaror taraqqiyotidan dalolat beradi.

    Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab ishbilarmonlik faoliyati tahlili har oyda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan olingan tezkor maʼlumotlar asosida tahlil qilinadi.

    Monitoring natijalari shuni koʻrsatdiki, respublikaning soliq tushumlari hajmi joriy yilning 1-martidan 31-martigacha boʻlgan davrda oʻtgan oyning shu davriga nisbatan 6 foiz oʻsdi. Shu bilan birga, soliq tushumlarining sezilarli darajada oʻsishi Sirdaryo (52,3 foiz), Surxondaryo (33 foiz), Qashqadaryo (23,6 foiz), Namangan (23,5 foiz), Jizzax (17,4 foiz), Toshkent (14 foiz) viloyati, Toshkent shahri (10,8 foiz) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (21,3 foiz) kuzatildi.

    Soliq tushumlarining oʻsishi iqtisodiy faollikning barqaror taraqqiyotidan dalolat beradi.

    Tahlil qilingan davrda bojxona toʻlovlaridan tushumlar 7,6 foiz oʻsdi. Tushumlar hajmining eng katta oʻsishi Xorazm (2 baravar), Sirdaryo (49,9 foiz), Andijon (49,7 foiz), Surxondaryo (39,8 foiz), Navoiy (30,9 foiz), Buxoro (20,9 foiz) viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (21,7 foiz) qayd etildi.

    Bojxona toʻlovlarining oʻsishi ishlab chiqarish quvvatining bosqichma-bosqich oʻsib borishi va ichki bozorda talabning rivojlanishi hisobiga mamlakatda tashqi savdo operatsiyalari va ishlab chiqarish jarayoni kengayganini koʻrsatadi.

    Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, tovarlarni eksport qilish hajmi 41,2 foiz oʻsgan. Mahsulotlar eksporti hajmining oʻsishi Buxoro (90,9 foiz), Qashqadaryo (89,1 foiz), Fargʻona (64,6 foiz), Samarqand (55,1 foiz), Surxondaryo (45,7 foiz), Andijon (42,5 foiz), Toshkent (29 foiz), Sirdaryo (26,9 foiz), Xorazm (21,8 foiz) viloyatlari, Toshkent shahri (54,3 foiz) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (39,4 foiz) kuzatildi.

    Oʻzbekiston eksport stavkasining oʻsishi eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligi oshishini asoslaydi. Bu anʼanaviy oʻzbek tovarlariga tashqi talabni ragʻbatlantiradi.

    Oʻtgan oy davomida tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 22,1 foiz oʻsgan. Berilgan kreditlar hajmining eng katta oʻsishi Surxondaryo (2,1 barobar), Buxoro (2 barobar), Samarqand (2 barobar), Andijon (95,3 foiz), Xorazm (51 foiz), Jizzax (36,8 foiz), Namangan (34 foiz) viloyatlari va Toshkent (23,4 foiz) shahrida kuzatilmoqda.

    Oʻzbekistonda kredit berish hajmining oʻsishi respublika va hududlarda biznes tuzilmalari faolligining oshganini izohlaydi.

    Ushbu davrda 8794 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi, ularning eng koʻp soni Samarqand (835), Toshkent (802), Qashqadaryo (746) viloyatlari va Toshkent shahrida (1482) roʻyxatdan oʻtkazildi.

    Tahlil qilinayotgan davrda Respublika tovar-xomashyo birjasidagi bitimlar hajmi 10,5 foiz oshdi.

    Birja faolligining sezilarli oʻsishi Xorazm (80,6 foiz), Jizzax (39,6 foiz), Fargʻona (33,5 foiz), Andijon (31,8 foiz) va Namangan (26,6 foiz) viloyatlarida kuzatilmoqda.

    Ushbu hududlarda bitimlar hajmining oʻsishi benzin, chigit, paxta tolasi, shakar, rangli metallar, dizel yonilgʻisi, sement, qurilish va uy-roʻzgʻor buyumlari, qora metallar, poliyetilen, polipropilen, oʻsimlik moyi va mineral oʻgʻitlar sotish hajmining oʻsishi bilan taʼminlandi.

    2021-yilda bosqichma-bosqich iqtisodiy tiklanishni har oy Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan oʻtkaziladigan Oʻzbekistondagi ishbilarmonlik muhitining holatini baholash boʻyicha korxonalar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari ham tasdiqlaydi.

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

    matbuot xizmati