Bu haqda korporatsiya matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'ida e'lon qildi.
“Past kechikishli, yuqori tezlikdagi Starlink interneti endi Tojikistonda mavjud!” deb yozishdi Starlink vakillari.
Sun'iy yo'ldosh interneti allaqachon Qozog'iston, Ozarbayjon, Moldova va boshqa bir qator MDH mamlakatlarida bor.
Starlink sun'iy yo'ldosh interneti dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida, jumladan, Shimoliy va Janubiy Amerikada, Yevropaning katta qismida, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrikaning ayrim qismlarida va Osiyoda ishlaydi. Sun'iy yo'ldosh tizimi Rossiyada ishlamaydi.
O'zJOKU talabasi Dilrabo Jabborova tayyorladi.