Unda «Mastersard» kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi ofisi rahbari Denis Filipov tanishtirildi.

Uchrashuvda kompaniyaning mamlakatimizdagi rivojlanish istiqbollari hamda olib borilayotgan qo‘shma tadqiqot loyihasining dastlabki natijalari muhokama etildi.

Mazkur tadqiqotning birinchi bosqichida mamlakatda naqdsiz to‘lovlar ulushini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish borasida «Yo‘l xarita» loyihasi ishlab chiqildi. Uchrashuvda tomonlar ushbu hujjat ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni ham kelishib oldilar, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.