Sobiq basketbolchi Air Jordan 13 krossovkasini 1998-yilgi NBA finalida kiygan. Krossovkaning "So'nggi raqs" deb nomlanishining sababi bu Jordanning "Chikago Bullz" jamoasidagi so'nggi mavsumi bo'lgan edi. O'sha o'yinda u 37 ochko to'pladi, uning jamoasi "Yutu Jaz"ni 93:88 hisobida mag'lub etib, o'n yil ichida oltinchi chempionligini qo'lga kiritdi. O'yindan so'ng Jordan kiyim almashtirish xonasida ishlagan raqib jamoa xodimiga krossovkasini sovg'a qildi.

CNBC portalining ta'kidlashicha, poyabzal prognoz qilingan miqdorning pastki chegarasida sotilgan – Sothebys auksioni ekspertlari krossovka ikki milliondan to'rt million dollargacha sotilishini kutishgan. Ma'lumot o'rnida: 2021-yilda Jordanning 1984-yilda NBAdagi debyut mavsumida maydonga kiyib chiqqan krossovkasi 1,472 million dollarga, 1982/1983-yilgi mavsumida Shimoliy Karolina universiteti jamoasida kiygan futbolkasi 38 million dollarga sotilgan, 2022-yilda esa uning so'nggi mavsumdagi futbolkasi 10,1 million dollarga sotib olingan hamda eng qimmat sport kiyimi sifatida e'tirof etilgan, deb xabar beradi mir24.tv.