Maymunchechak kasalligi tarqalishining oldini olish choralari boshlandi — Sanepidqoʻmita

    Shu yilning 14-avgust kuni JSST Afrikada tarqalayotgan maymunchechakning “Clade 1b” shtammi tufayli sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat deb eʼlon qildi.

    AOKAda oʻtkazilgan brifingda Sanepidqoʻmita boshqarma boshligʻi Rustamjon Ikramov maymunchechakka qarshi olib borilayotgan chora tadbirlar haqida maʼlumot berdi:

    • Yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotqizish maqsadida shifo-oʻrinlari, zarur dori vositalari zaxirasi tashkil etildi;
    • kasallikka chalingan bemor bilan muloqotda boʻlganlarni 21 kun mobaynida tibbiy kuzatuvini tashkil etish belgilab olindi;
    • kasallikni chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida xalqaro aeroportlarda, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali chegara kesishgan joylarda sanitariya nazorati punktlari mutaxassislarining hushyorligi oshirildi;
    • Maymun chechagi kasalligining etiologiyasi, klinikasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi boʻyicha uslubiy qoʻllanma asosida mutaxassislarning malakasi oshirildi;

    Shuningdek, kasallikni laborator aniqlash uchun test-diagnostikum zaxirasi yaratilmoqda.