Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.L.” MCHJning sobiq rahbari va boshqalar 137 nafar fuqaroning isteʼmol krediti uchun toʻlangan 337 mln soʻmni kredit qarzdorliklarini soʻndirishga yoʻnaltirmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.