Taʼkidlanishicha, Agentlik tomonidan “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari”ga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Kiritilgan oʻzgarishlar quyidagilarni nazarda tutadi:
qoʻshimcha investitsiyalarni jalb etish uchun ushbu moliyaviy vositadan foydalanishi mumkin boʻlgan kompaniyalar doirasini kengaytirish;
obligatsiyalar chiqarish qoidalarini xususiy joylashtirish (yopiq obuna) uchun soddaroq talablar va fond birja orqali ommaviy joylashtirish (ochiq obuna) uchun yuqoriroq talablarni joriy etish yoʻli bilan ikkiga ajratish;
qimmatli qogʻozlar emissiyasi risolasini bitta prospektga birlashtirish (xususiylashtirilayotgan korxona va investitsiyaviy fondlar bundan mustasno).