Jinoyat qidiruv yoʻnalishi boʻyicha viloyat IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan, 56 nafar (turli jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan) qidiruvda boʻlgan shaxs ushlanib, jazo muqarrarligi va qonun ustuvorligi taʼminlangan.
Yil boshidan esa, viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan koʻrilgan choralar natijasida 486 nafar (23 ayol) qidiruvdagi shaxs qoʻlga olingan.
Ushlangan shaxslarning 23 nafari MDH davlatlaridan olib kelingan (ekstraditsiya qilingan) boʻlib, eng uzoq qidiruvda boʻlgani 20 yil, qisqasi esa 2 kunda aniqlanib, ushlangan.
Bundan tashqari, 22 nafar boshqa viloyatlarda norasmiy va rasmiy qidiruvdagi shaxs ushlanib, qidiruv tashabbuskoriga topshirilgan va 10 nafar bedarak yoʻqolgan shaxslar topilib, oilasiga qaytarilgan.