Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “1176” qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga 2023 yil 18 sentyabr` kuniga qadar paxta yig'im-terimi davrida mehnat huquqlari buzilishiga oid 191 ta murojaat kelib tushgan.
Ular yuzasidan o'tkazilgan o'rganishlarga ko'ra, 4 ta murojaat qanoatlantirilgan bo'lsa, 177 ta murojaat bo'yicha terimchilar va fermer xo'jaliklariga tushuntirish berilgan, 10 ta murojaat esa o'z tasdig'ini topmagan.
Shuningdek, ishchi guruhlar tomonidan hududlarda paxta yig'im-terimida ishtirok etgan terimchilarga yaratilgan mehnat sharoitlarining holati, fuqarolarga nisbatan majburiy mehnat va bolalar mehnatining oldini olish maqsadida 64 ta klaster va 428 ta fermer xo'jaligida monitoring o'tkazilgan.