Mehnat munosabatlariga oid xalqaro Jeneva Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi

    Mamlakatimizda 8 May 2023 1430

    Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi xodimlar huquqlarini himoya qilishning qo‘shimcha kafolatlarini yaratish imkonini berishi va mehnatni muhofaza qilish milliy tizimini yanada takomillashtirishga sezilarli turtki beradi.

    Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlarni ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish to‘g‘risidagi 148-sonli Jeneva Konvensiyasi (Jeneva, 1977-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilindi. Bu bo'yicha qonun Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023-yil 6-may kuni imzolangan.

    Konvensiyaning asosiy maqsadi milliy qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlar orqali ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli kasbiy xavf-xatarlarning oldini olish va cheklashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashdan iborat.