Ushbu shartnomada jinoiy ish boʻyicha tergov hamda boshqa protsessual harakatlarni oʻtkazish bilan bogʻliq huquqiy yordam koʻrsatish asoslari va shartlari koʻrsatib oʻtilmoqda. Shuningdek, soʻrov shakli va mazmuni, uning ijrosini taʼminlash, huquqiy yordam koʻrsatishni rad etish asoslari hamda shartnoma doirasida olingan maʼlumot va dalillardan foydalanishda cheklovlar bilan bogʻliq masalalarga aniqliklar kiritilmoqda.
Qonun bilan ratifikatsiya qilinayotgan shartnomada shaxslarning manzili yoki ularning shaxsiga aniqlik kiritish masalalari belgilab qoʻyilmoqda. Soʻrayotgan tomon murojaatiga koʻra soʻralayotgan Tomon oʻz qonunchiligi doirasida soʻrovda koʻrsatilgan shaxs soʻralayotgan tomon hududida ekanligiga yetarli asos mavjud boʻlganda uni topish hamda shaxsini aniqlashda zarur boʻlgan barcha choralarni koʻrishi nazarda tutilmoqda.
Senatorlarning fikricha, qonunning qabul qilinishi ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatining jinoiy ishlarni tergov qilish va sudda koʻrish davomidagi samaradorligini oshirishga, shuningdek, Malayziya hukumati bilan jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish qonuniy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.