Sud majlisi sudning “X” ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida translyatsiya qilindi.

“Tarix yaratishda davom etamiz” koalitsiyasi tomonidan ko'rsatilgan nomzod Klaudiya Sheynbaum Pardo prezidentlik saylovlarida eng ko'p ovoz oldi”, dedi Saylov sudi rahbari Monika Soto Fregoso. Saylov natijalarini tasdiqlash to'g'risidagi qaror bir ovozdan qabul qilindi.

“Bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlari haqiqiy deb tan olindi, ular konstitutsiyaviy va huquqiy tamoyillarga mos keladi, fuqaro Klaudiya Sheynbaum Pardo Meksika Konstitutsiyasining 82 va 83-moddalarida belgilangan malaka talablariga javob beradi”, dedi Soto Fregoso.

“Klaudiya Sheynbaum Pardo Meksika Qo'shma Shtatlarining birinchi saylangan ayol prezidenti sifatida e'lon qilindi, u bu lavozimni 2024-yil 1-oktabrdan 2030-yil 30-sentabrgacha egallaydi”, dedi Saylov sudi rahbari. Uning so'zlariga ko'ra, payshanba kuni tantanali marosimda Sheynbaumga Meksikaning saylangan prezidentining guvohnomasi topshiriladi.

Meksika Milliy saylov instituti saytida e'lon qilingan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, 2-iyun kuni bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlarida Sheynbaumga saylovchilarning 59,7594 foizi ovoz berdi. Uning eng yaqin ta'qibchisi, muxolifatdagi Sochitl Galves 27,4517 foiz, uchinchi o'rinni egallagan Xorxe Alvares Maynes esa 10,3213 foiz ovoz oldi, deb xabar beradi report.az.