Bu haqda shtatning Fuqarolik himoyasi xizmati X ijtimoiy tarmog'iga xabar berdi.

“Gap XA-PRO bort raqamiga ega Cessna Citation III xususiy samolyoti haqida bormoqda, u Akapulko shahridan (Gerrero shtati) Toluka shahriga yo'l olgan. Bortda sakkiz nafar yo'lovchi va ikki ekipaj a'zosi bo'lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, olti kishi halok bo'lgan”, deyiladi xabarda.

Fuqarolik himoyasi xizmati voqea joyida ishlar davom etayotganini qo'shimcha qildi. Halokat sababi aniqlanmoqda, deb xabar berdi report.az.