Bu BMT tarixida birinchi marta sodir bo'ldi. Melaniya Tramp bolalar, texnologiya va ta'lim mavzularida nutq so'zlaydi. Bu haqda DW xabar berdi.

AQSh Prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp 2-martda BMT Xavfsizlik Kengashi yig'ilishiga raislik qiladi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog'ida AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uoltts ma'lum qildi, deb xabar berdi oz.inform.kz.

“Melaniya Tramp AQSh tarixida Xavfsizlik Kengashida raislik qiladigan ilk birinchi xonimga aylanadi. Bu Amerikaning Kengashdagi raisligining ilk kunida yuz beradi”, deb yozdi u. “BMTni yana buyuk qilamiz!”, deb qo'shimcha qildi Uolts.