“Men Gʻolib“ musobaqasiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi

    Shu yilning 3-yanvar kuni Yugur.uz platformasida “Men Gʻolib“ harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga roʻyxatdan oʻtish boshlanadi.

    Xabar berilishicha, “Men Gʻolib“ yugurish musobaqasining oʻzi 12-yanvar kuni “Yangi Oʻzbekiston“ bogʻida boʻlib oʻtadi, u yerda mamlakat qurolli kuchlarining mingdan ortiq vakillari, kuch tuzilmalari xodimlari, professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar toʻplanishadi.

    Tadbirning asosiy tashkilotchisi Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligi koʻmagida oʻtkazilmoqda.

    Vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi 3 km va 10 km masofada oʻtkaziladi.

    Ishtirokchilar uchun slotlarni 8-yanvargacha Yugur.uz platformasidagi havola orqali sotib olish mumkin.

    Shuningdek, yugurish ishqibozlari yakka tartibda, idoraviy tuzilmalar uchun jamoaviy musobaqalar ham tashkil etiladi.