“Men terrorchi emasman” badiiy filmi oʻtkir syujetli harbiy drama janrida boʻlib, real voqealarga asoslangan. Unda terrorchilik guruhlariga qoʻshilib qolganlarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinadi.
Mazkur filmning 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan harbiylar uchun ham maxsus namoyishi boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi “Oʻzbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati.
Film ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Muhammad Ali Iskandarov, operator Husan Atabayev, postanovkachi rassom Bahriddin Shamsutdinov, kompozitor Jasur Badalboyev, prodyuser Firdavs Abduxolikov, ijrochi prodyuser Nodir Moʻminov.