Unga ko‘ra, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga amal qilish talablari qat’iylashtirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘RQ-1118 bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritildi. Yangi tartibga muvofiq, quyidagi holatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi:
- xalqaro tashuvlarni yoki 400 km va undan ortiq masofadagi shaharlararo qatnovlarni takografsiz amalga oshirish;
- nosoz yoki o‘chirilgan takograftan foydalanish;
- haydovchida takograf kartasi bo‘lmasligi;
- haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya qilmasligi.
Ushbu qoidabuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida jarima belgilangan.
Yangi qonun 2026 yil 10 maydan kuchga kiradi.
Mutaxassislar fikricha, mazkur choralar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, haydovchilarning ortiqcha charchashining oldini olish va yo‘l-transport hodisalarini kamaytirishga xizmat qiladi.