Meksikaning Tinum shahridagi ovqatlanish markazlaridan birida tashkil etilgan musobaqada ishtirok etayotganlardan biri bilan yuz bergan koʻngilsiz hodisa shov-shuvga sabab boʻldi.

48 yoshli Gyugo Ismoil ismli ishtirokchi musobaqa chogʻida ovqat yeyayotib toʻsatdan ahvoli ogʻirlashdi va hushidan ketdi.

Tezda shifoxonaga olib borilgan Gyugo oʻshayerda vafot etdi. Voqeaga guvoh boʻlganlar Gyugoning musobaqa vaqtida birdaniga ahvoli yomonlashganini, lekin birinchi yordam koʻrsatilmaganini aytishdi.

Voqea bilan bogʻliq tafsilotlar surishtirilmoqda.