Oʻzbekiston Respublikasida soʻnggi 5 yil mobaynida metallurgiya mahsulotlari uchun (yuqori mustahkamlikdagi prokat, metallkonstruksiya uchun prokat, katanka, armaturalash uchun sim, varaqli prokat) yangi standartlar qabul qilindi.

Standartlarni uygʻunlashtirish, tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarni raqobatbardoshligini oshirish va isteʼmolchilarni sifatli metal mahsulotlari bilan taʼminlash uchun amaldagi metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga oʻzgartirishlar kiritilishi hamda xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirilish lozim.

Shu maqsadda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” AJ qoshida tuzilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashi tomonidan “Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilib Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi https://regulation.gov.uz/oz/document/21459 portaliga joylashtirildi.