Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan “Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlari koʻratishning maʼmuriy reglamenti”ga asosan 2021-yilning 1-fevralidan boshlab yangi tugʻilgan bolalar uchun tugʻilganlik holati qayd etilganda guvohnoma olish uchun toʻlovlar amalga oshirilmaydi.
Bunda bolani doimiy roʻyxatga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdoridagi davlat boji;
tugʻilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirganlik uchun Vazirlar Mahkamasining “Gerbli guvohnomalar berganlik uchun gerb yigʻimi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2012-yil 25-apreldagi 119-son qarorida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi — 36 750 soʻm miqdoridagi gerb yigʻimi bir martalik nafaqa (suyunchi) miqdoridan chegirib qolinadi.
Agar fuqaro takroriy guvohnoma olishiga toʻgʻri kelsa bu jarayonda 15 foiz davlat boji va 15 foiz gerbli yigʻim toʻlovlari mavjud.
Bu muhim: Joriy yilning 1-fevraligacha tugʻilgan bolalar uchun guvohnoma rasmiylashtirishda 15 foiz gerb yigʻimi — 36 750 soʻm + doimiy roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun 4900 soʻm davlat boji toʻlanadi.
Qulaylik: 2021-yil 1-fevralidan bolani tugʻilganligini qayd qilish jarayonida boshqa davlat xizmatlari — tibbiy poliklinikaga hisobga qoʻyish, bir martalik nafaqa olish, bolani doimiy roʻyxatga qoʻyish, davlat bogʻchasiga navbatga qoʻyish avtomatik (kompleks xizmat turi) tarzda koʻrsatiladi.
DXA Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati









