Metro bekatida erkak hojatini chiqardi

    Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum erkak metro bekatida hojatini chiqarib ketgani boʻyicha xabarlar tarqalib, jamoatchilikning muhokamalariga sabab boʻldi.

    “Toshkent metropoliteni” DUKning xabar berishicha, ushbu erkakka nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Maʼlumotlarga koʻra, ushbu holat shu yilning 27-sentyabr sanasida sodir etilgan. Shundan soʻng, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushbu fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, ayni vaqtda belgilangan tartibda fuqaroga nisbatan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

    Shu oʻrinda yoʻlovchilardan metropolitendan foydalanish vaqtida belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish va tozalikka rioya qilishlarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.