XIX asrda qurilgan mazkur binoning yangilanishi va unda yangi taʼlim va madaniyat muassasasining tashkil etilishi Jamgʻarmaning Oʻzbekistonda metsenatlik faoliyatini rivojlantirishdagi saʼy-harakatlari bilan amalga oshirildi.

Loyiha Ludi Architects (Sankt-Peterburg) arxitektura byurosi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u kutubxonalar va kitob fondlari bilan ishlashga ixtisoslashgan. Meʼmorlarning fikriga koʻra, rejalashtirilgan rekonstruksiya ishlari minimal darajada ichki elementlar interyeriga va joylashuviga taʼsir qiladi. Shu bilan birga, kutubxonada 0 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolajonlar uchun kovorking maydoni, laboratoriyalar, maʼruzalar va mahorat darslari uchun koʻchma zal tashkil etiladi.

Loyiha boʻyicha bolalar kutubxonasi texnologlari ham ish olib boryapti, ular muassasaning tuzilishini jahon standartlariga javob beradigan darajaga olib chiqishda oʻz yordamlarini beradi. Ular kitob fondi ishlarini tashkil qilish, nazorat qilish va nashrlarni izlash tizimini yoʻlga qoʻyishadi, bunday nashrlardan 200 ming nusxasi mavjud boʻlib, bu mintaqamizdagi bolalar kitoblarining eng yirik toʻplamidir.

Bundan tashqari, kutubxona barcha inklyuziv talablarga javob beradigan qulayliklarga ega boʻlishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi madaniyat vazirligi matbuot xizmati.