MIB ogohlantiradi: ijro hujjatlari haqidagi xabarlar (fuqarolarga qarzdorlik, cheklov va boshqalar) SMS shaklida boradi

    Keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan Majburiy ijro byurosi Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali qarzi borligi va uni plastik kartochkasi orqali toʻlashi mumkinligi toʻgʻrisida haqida xabarlar kelmoqda.

    Aynan, shu masalada MIB Axborot xizmati rahbari Farrux Toshpoʻlatov bilan bogʻlandik.

    Internet xavfsizligi bugungi raqamli dunyoda muhokama qilinadigan muhim mavzudir. Onlayn maʼlumotlar va xizmatlarga bemalol kirish imkoni bilan, kiberxavfsizlik va onlayn firibgarlik bilan bogʻliq yangi tahdidlar ham paydo boʻladi.

    Kiberxavfsizlik — bu kompyuter tizimlari, tarmoqlari, dasturlari va maʼlumotlarini raqamli hujumlardan himoya qilish amaliyotidir. Bu xavfsizlik choralari, siyosatni ishlab chiqish va maʼlumotlar buzilishi, identifikatsiya oʻgʻirlanishi va boshqa kibertahdidlarning oldini olish demakdir.

    Internetdan firibgarlik, soxta veb-saytlar, kibertovlamachilik va boshqalar kabi firibgarlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanish hisoblanadi. Ushbu hujumlar ham alohida foydalanuvchilarga, ham tashkilotlarga qaratilgan boʻlishi mumkin.

    Majburiy ijro byurosi tomonidan aniqlanishicha, bunday kiberhujumlar ijro hujjatlariga asosan qarzdor boʻlgan shaxslarga nisbatan ham amalga oshirilmoqda.

    Koʻrib turganingizdek, ushbu holatda fuqaroning «Telegram» messenjeridagi shaxsiy xabarlariga shaxsiy telefon raqamidan mana bu koʻrinishdagi feyk xabar kelib tushadi. Eʼtibor qilsangiz, xabarda qarzdorlik mavjudligi hamda ilova qilingan «MIBuz» nomli dasturni yuklab olishingiz shartligi, aks holda qarzdorlik yana oshib ketishi haqida soʻz boradi.

    Majburiy ijro byurosi shuni maʼlum qiladiki, qarzdorlik toʻgʻrisi xabarlar qarzdorlarga faqatgina SMS xabar orqali hamda «MIB» koʻrinishidagi akkauntdan yuboriladi.

    Bundan tashqari Byuroning rasmiy dasturiy vositalari «Playmarket» va «AppStore» rasmiy onlayn ilovalar doʻkonlaridan yoki Byuroning rasmiy veb-sayti www.mib.uz joylashtirilgan havola orqali yuklab olish mumkin.

    Shu bilan birga, har bir qarzdorlikni Byuroning rasmiy veb-sayti orqali tekshirish imkoniyatlari mavjud.

    Ogoh boʻling ! Shaxsiy raqamlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali kelgan qarzdorlikni bartaraf qilish haqida har qanday xabarlar feyk hisoblanadi va Majburiy ijro byurosi tomonidan yuborilmaydi.

    Hurmatli fuqarolar, shaxsiy maʼlumotlaringizni saqlash, kiberhujumlarni oldini olish maqsadida oʻzingizga taalluqli boʻlgan maʼlumotlarni rasmiy boʻlmagan va shubha uygʻotuvchi platformalarga kiritmasligingizni soʻraymiz.

    Eslatib oʻtaman, qarzdorlik haqidagi har qanday maʼlumotlarni Majburiy ijro byurosining “MIB.UZ” rasmiy sayti va Byuroda murojaatlarni elektron qabul qilish markazining “1107” qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.

    Kiberfiribgarlikka qarshi kurashishning eng samarali yoʻli albatta bu fuqarolarimizning huquqiy yoki moliyaviy savodxonligi hisoblanadi.

    Hozirda, bu kabi firibgarlar ishonuvchan va sodda fuqarolarimizni chalgʻitib, oʻz tuzogʻiga tushirishga harakat qilishmoqda.