Byuro organlari tomonidan oʻtgan yil davomida jami 23,8 trln soʻmlik undiruvlar amalga oshirilgan. Shundan 10,5 trln. soʻm davlat foydasiga, 7,8 trln soʻm tadbirkorlik subyektlariga, 4 trln soʻm banklar hisobiga va 1,5 mlrd soʻm fuqarolar manfaatlari uchun undirilgan.

Shuningdek, aliment toʻlash uchun istagi boʻlib, ish masalasida yechim topolmagan 45 ming 800 nafar ishsiz aliment toʻlovchining bandligi hal qilindi.