Taʼkidlanganidek, Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning 5-fevral kuni oʻtkazilgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilishda maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga oʻtkazildi.
Inspektor-psixologlarning asosiy vazifasi – oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasini tashkil etishda maktab jamoalariga yaqindan koʻmaklashish, muntazam dars qoldiruvchi oʻquvchilarning ota-onalari bilan ishlashdan iborat.
Endilikda maktab direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, Chaqiriqqa qadar yoshlarni tayyorlash boʻyicha oʻrinbosarlari, psixolog va sinf rahbarlarining oʻquvchilar maʼnaviyatini yuksaltirish va darslardagi ishtiroki, taʼlim-tarbiya ishlarini hamohang tashkil etishga doir masʼuliyati yanada oshiriladi.
Ota-onalar va mahalla faollari ishtirokidagi “maktab — ota-ona — mahalla” hamkorligi uzviy tashkil etiladi.
Shu maqsadda oʻquvchilarning darsda ishtirok etish koʻrsatkichlari haqqoniyligini taʼminlash uchun e.maktab elektron kundalikka oʻqituvchilar va sinf rahbarlari tomonidan oʻz vaqtida qaydlar kiritib boriladi.