Milliy investitsiya jamgʻarmasini yaratishda Templeton Asset Management kompaniyasi hamkorlik qiladi

    Investitsiyalar 8 Fevral 2024 937

    Joriy yil 7-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Singapurning Templeton Asset Management kompaniyasining ijrochi direktori bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ш.Мирзиёевнинг 2023-yil yanvar oyida Singapurga tashrifi chogʻida imzolangan qoʻshma loyiha va kelishuvlarni amalga oshirish ishlari hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

    Shuningdek, Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashuvchi Milliy investitsiya jamgʻarmasini yaratish jarayoni koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

    Franklin Templeton — 1947-yilda Nyu-York shahrida tashkil etilgan boʻlib, hozirgi kunda 9 mingdan ortiq xodimga ega global investitsiya kompaniyasi. Uning boshqaruvi ostidagi aktivlari 1,4 trillion dollardan ortiq. Kompaniyaning bosh qarorgohi AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan.